Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonlik bola ortga qaytarildi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2024 4561 1 daqiqa
Kecha, 12 sentyabr kuni 1 nafar ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlarining ko‘magi ostida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelingan bola buvisining qaramog‘iga topshirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari mamlakatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025