Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
12 aprel 3097 1 daqiqa
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh konsulxona voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.
Ushbu oila joriy yilning 9 aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompaniyasi aviareysi bilan O‘zbekistonga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, mamlakatga qaytarilgan edi.
Live
Barchasi