Rossiyada qamalgan amerikalik basketbolchi qiz jazoni o‘tash uchun Mordoviyaga jo‘natildi

Sport

image

Giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangani uchun Moskvada hibsga olingan amerikalik basketbolchi Britni Grayner jazoni o‘tash uchun Rossiyaning chekka koloniyalariga jo‘natildi. Bu haqda "The Guardian" nashri basketbolchi qizning advokatlari ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Advokatlar Mariya Blagovolina va Aleksandr Boykov o‘z bayonotida Britnini Mordoviyadagi koloniyada jazoni o‘tay boshlagani haqida ma’lum qilishdi.

“Biz shu hafta boshida Britnining oldiga bordik. U yangi muhitga moslashib, kuchli bo‘lishga harakat qilmoqda ”, dedi advokatlar.

Joriy yilning avgust oyida amerikalik sportchi giyohvand moddalarni saqlagani uchun to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 

25 oktyabr kuni Moskva viloyat sudi Graynerning to‘qqiz yillik qamoq jazosi va bir million rubl miqdoridagi jarimaga nisbatan shikoyatini qabul qilmagan edi. Shundan so‘ng Grayner ishi bo‘yicha hukm qonuniy kuchga kirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH ma’muriyatiga Rossiya Federatsiyasida sudlangan vatandoshlari, basketbolchi Britni Grayner va Pol Uilanni o‘z vataniga qaytarish uchun “barcha imkoniyatlarni” ishga solish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Grayner Basketbol

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar