Rossiyada ISHIDni moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qamaldi
Olam
−
03 iyun 2022
8450Rossiya harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosini ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotini moliyalashtirganlikda ayblab, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, u 2013 yildan buyon Afg‘oniston va Pokistondagi xalqaro terrorchilik tashkiloti lagerlariga jangarilarni yuborish va o‘tkazishda ishtirok etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.
J.E. 2021 yilda ISHIDni moliyalashtirishda ayblanib, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan.
“Chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni qattiq rejimli axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni uni o‘z vataniga ekstraditsiya qilmoqchi bo‘lgan, biroq Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi mahkumning Vataniga qaytarilishini taqiqlangan.
“J.E.ga nisbatan 2-G‘arbiy okrug harbiy sudining hukmi qonuniy kuchga kirdi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi