Rossiyada ish beruvchilar o‘zbekistonliklarning pasportini olib qo‘ydi 

Jamiyat

image

Rossiyaning Voronej shahrida 12 nafar o‘zbekistonlikning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronej shahridagi vakilligiga 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi pasportlarini ish beruvchi olib qo‘yganidan norozi bo‘lib shikoyat qilgan.

Shikoyat shu kunning o‘zida zudlik bilan o‘rganilib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Fuqarolarning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasportlari qaytarilgan hamda boshqa ishga joylashtirilgan.

Shuningdek, agentlikning Volgograd shahridagi vakilligi tomonidan 6 nafar qoraqalpog‘istonlik fuqarolarning hujjatlari olib berilgan va vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing