Rossiyada ish beruvchi o‘zbekistonliklarni kaltaklab, majburan ishlatgani aniqlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatida ish beruvchi O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy hujjatlarini olib qo‘yib, majburlab ishlatgani aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ish beruvchi o‘zbekistonliklarning barcha hujjatlarini olib qo‘yib, ularga kuch ishlatgan va ishlashga majburlagan. Ustiga ustak ularga oylik maosh ham to‘lamagan. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirgan. Reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etgan.

Natijada ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. O‘zbekiston fuqarolarining pasport va oylik maoshlari olib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant migratsiya

Baholaganlar

569

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing