Rossiyada ikki politsiyachi o‘zbekistonlikni do‘pposladi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasining Privoljskiy transport tergov bo‘limi Samaradagi temir yo‘l vokzalida ikki nafar politsiya xodimining O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish ochdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Hodisa 15 iyulda yuz bergan. Politsiya xodimlariga ayblov e’lon qilingan va vaqtinchalik qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 286-moddasi 3-qismi “a” bandi (Mansab vakolatlarini kuch ishlatish va zo‘ravonlik yo‘li bilan suiiste’mol qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Rossiya IIV Srednovoljsk transport tarmog‘i boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Ayni vaqtda ikkala politsiya xodimi ham ishdan haydalgan. Ularning bevosita rahbarlariga ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan. Jinoyat ishini tergov qilish Rossiya Tergov qo‘mitasining nazoratiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

728

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing