Rossiyada dzyudo bo‘yicha yirik turnir start olmoqda
Sport
−
15 mart 2019
4264Joriy yilning 15 martidan boshlab, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi yirik turnir start oladi. Musobaqa Tokio Olimpiadasiga katta reyting ochkosini bergani bois o‘zida sayyoramizning eng kuchli dzyudochilarini jam qiladi.
MOQ matbuot xizmati xabar berishicha, turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Bugun ilk kun doirasida reglamentga ko‘ra, yengil vazn toifasida bahslar o‘tkazilib, unda 5 nafar o‘zbek polvonlari medallar uchun kurashadi. Musobaqaning birinchi kunida bahslarga kirishadigan o‘zbekistonliklar va ularning dastlabki raqiblari quyidagicha:
-60 kg: Diyorbek O‘razboyev – David Pulkrabek (Chexiya) birinchi bosqich
Kemran Nurillayev – Mixrach Akkush (Turkiya) birinchi bosqich
-66 kg: Artyom Shturbabin – Ismail Chasigov Rossiya) birinchi bosqich
Muhriddin Tilovov – Pavel Petrikov (Chexiya) birinchi bosqich
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Sara Menezes (Braziliya) birinchi bosqich
LiveBarchasi