Rossiyada deputatni kaltaklagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Kecha, 18 iyul kuni bir to‘da muhojirlar Samarada Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevni kaltakladi. Ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda. Bu haqda deputat o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarada Davlat Dumasi deputati mashina haydab ketayotganida derazadan yigitlar o‘rtasidagi mushtlashuvga ko‘zi tushgan. U mashinadan tushib, mushtlashuvni to‘xtatishga uringan. Oqibatda deputat og‘ir jarohat olgan, jumladan, bosh qismi shikastlangan. Deputatga ko‘ra, unga dubinka bilan hujum qilishgan.

Samarada deputat bilan yuzaga kelgan vaziyatni Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ham izohladi.

“Voqea joyiga yetib kelgan politsiya mojaroning ikki ishtirokchisini aniqlab, qo‘lga olgan. Ayni paytda uchinchi ishtirokchini qo‘lga olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Politsiya xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda va hodisaning barcha holatlarini aniqlamoqda”, deydi Irina Volk.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslardan biri 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada uch o‘zbekistonlik telekanal xodimasiga hujum qilishda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik deputat kaltak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing