Rossiyada “delta”ning xavfli turi aniqlandi
Olam
−
21 Oktabr 2021
7618Rossiyada “delta” shtammining mutatsiyalashgan turi bo‘lgan AY.4.2 koronavirusining yangi variantiga chalinish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Rospotrebnadzor”ning markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti Kasalliklarni tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish ilmiy guruhi rahbari Komil Xafizov ma’lum qildi.
“Ha, VGARus ma’lumotlar bazasida saqlangan [joylashtirilgan] SARS-CoV-2 koronavirus genomlarining ketma-ketlik natijalaridan kelib chiqqan holda, “delta” chizig‘ining AY.4.2 varianti Rossiyada aniqlanmoqda. “Delta”ning ko‘plab turlaridan biri bo‘lgan AY.4.2 patogenning amaldagi va boshqa turlariga qaraganda ustunliklarga ega”, degan u.
Ekspertning ta’kidlashicha, yangi variantning paydo bo‘lishi Rossiya Federatsiyasida kasallanish darajasining oshishiga turtki berishi mumkin.
“Delta”ning boshlang‘ich versiyasining paydo bo‘lishi kasallikning jiddiy o‘sishiga olib keldi va AY.4.2 bu kasallikning oshishiga yana bir turtki berishi mumkin”, degan Xafizov.
Ma’lumot uchun, AY.4.2 shtammi Buyuk Britaniyada aniqlandi. Britaniya olimlari ma’lumotiga ko‘ra, u “delta” shtammining mutatsiyalashgan turi hisoblanadi. U “delta”dan 10-15 foiz yuqumliroq.
Qayd etish kerakki, Rossiyada so‘nggi haftalarda koronavirusga chalinish ko‘payib bormoqda. Har sutkada antirekord o‘rnatilmoqda. Kunlik kasallanishlar 30 mingdan oshgan. Virus qurbonlari ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bir hafta dam olish deb e’lon qildi.
LiveBarchasi