Rossiyada bortida 63 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi (video)

Olam

image

Rossiyaning Belgorod shahrida Il-76 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “112” Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Korochanskiy tumanida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida 63 kishi bo‘lgan. 

“Hozirda voqea joyida tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishlamoqda. Ish jadvalimni o‘zgartirib, zudlik bilan hududga bordim. Barcha tafsilotlar keyinroq ma’lum bo‘ladi", deydi Belgorod viloyati rahbari Vyacheslav Gladkov.

Voqea haqida xabar berilishidan biroz avval Belgorod shahri va tumanida raketa tahdidi e’lon qilingan edi. Shahar ma’muriyati aholini iloji bo‘lsa, uylarini tark etmaslik va derazalarga yaqinlashmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made