Rossiyada bir kunda 10 888 kishida koronavirus aniqlandi. Bu maydan buyon kuzatilmagan natija
Olam
−
05 Oktabr 2020
4543Kecha, 4 oktyabr kuni Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 888 taga ko‘paygan. Bu haqda Rossiyaning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi ma’lumot bergan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilning 12 mayidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.
O‘sish nisbatan 0,9 foizni tashkil qilgan.
Xususan, Moskvada 12 mayda 3327 ta holat aniqlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 3537 taga chiqqan. 407 ta holat tasdiqlangan Sankt-Peterburgda kunlik aniqlangan bemorlar soni 21 maydan beri birinchi marta 400 dan oshgan. Moskva viloyatida bu holatlar soni 339 taga ko‘paygan – hududda 2 iyuldan beri birinchi marta kun davomida 300 dan ortiq kasallik aniqlangan.
Nenets avtonom okrugi (0 foiz), Checheniston va Chuvashiya (0,3 foiz), Tatariston, Tuva va Tula viloyatlari (0,4 foiz) kasallik yuqtirish bilan bog‘liq eng past o‘sish qayt etilgan joylar sirasiga kirgan.
Umuman olganda, pandemiya boshlangandan buyon Rossiyada 1 million 225 ming 889 kishida koronavirus aniqlangan. Hozirda 222 ming 90 nafar bemor davolanmoqda. Bu iyul oyining boshidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar 35 milliondan oshib ketgan. 1 milliondan ko‘p kishi kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi