Rossiyada 20 yoshli o‘zbekistonlik yigit 14-qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyati Novosaratovka qishlog‘idagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik ishchi ventilyatsiya uchun ajratilgan teshikka yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli yigit Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi “Nevskaya Dolina” turarjoy majmuasida qurilayotgan 17 qavatli binoning 14-qavatidan ventilyatsiya teshigiga yiqilib, halok bo‘lgan. U o‘sha paytda yolg‘iz tozalash ishlarini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonida 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit halok bo‘lgan edi. Hodisa Tyulpanov ko‘chasidagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh g‘isht teruvchi oltinchi qavatda ishlayotganda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik yigit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing