Rossiyada 2 yashar o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyatida 34 yoshli ayol hibsga olindi. U enaga bo‘lib ishlagan va hozir o‘zbekistonlik ikki yashar qizni o‘ldirishda gumonlanmoqda. Bu haqda NTV xabar berdi.

30 yanvar kuni kechqurun Murino shahridagi Mendeleyev bulvaridagi uylardan birining kvartirasidan 2 yoshli qizaloqning jasadi topildi.

Enaga ikki kun davomida bolaning o‘limini yashirgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam shifokorlari bu haqda qizning onasiga xabar berishgan. 

“Bolaning orqa va bo‘ynida ko‘karishlar bor edi. Balki bola yiqilib tushgandir, balki uni kaltaklagandir - bu hali aniq emas”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 34 yoshli ona o‘tgan yili qizini enagaga bergan. Bir kun avval enaga ayolga qo‘ng‘iroq qilib, bola kasal bo‘lib qolganini aytgan. Enaganing uyiga yetib kelgan ayol qizining o‘lganini ko‘rgan.

Bolaning enagasi qo‘lga olingan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Tergov qo‘mitasi tekushiruv boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

646

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing