Rossiyada 2 o‘g‘lining murdasi bilan 3 oydan ortiq yashagan ayol ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Pskov viloyatida 3 farzandini o‘ldirishda gumonlanayotgan ayol bir necha oy davomida ularning jasadi bilan yashagani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni “Izvestiya” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, ayolning qo‘shnilari kiraverishdagi va xonadonlardagi yoqimsiz hid haqida bir necha bor shikoyat qilgan. Ular dastlab ventilyatsiya tizimida kalamush o‘ligi bor, deb taxmin qilgan. Biroq ayolning onasi nabiralarini ko‘rish uchun kelganida, ularning ko‘rpaga o‘ralgan jasadlarini topgan. 

Manbaning aniqlik kiritishicha, bolalarning buvisi kelganida xonada faqat ikkita jasad bo‘lgan. Ular ayblanuvchi ayolning to‘ng‘ich va chaqaloq o‘g‘li bo‘lgan. Holat yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ayolning dalahovlisidan sakkiz yoshli qizining ham polietilen paketdagi murdasi topilgan. 

So‘roq paytida ayol o‘g‘illari joriy yilning avgust oyida uyqusida vafot etganini aytgan. Manbaga ko‘ra, ayol kenja o‘g‘lini uy sharoitida dunyoga keltirgani uchun go‘dak hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan. 

“Avvaliga kattasi, so‘ng esa kichik o‘g‘lim uyqusida vafot etdi”, degan ayol.

Shuningdek, ayolning yana ikki farzandi  – besh yildan beri buvisi bilan yashayotgan 12 yoshli o‘g‘li va 5 yashar qizi bo‘lgan.

“Izvestiya”ning yozishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasad murda Pskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing