Rossiyada 19 yoshli o‘zbekistonlik talaba o‘g‘irlab ketildi
3-sahifa
−
19 Oktabr 2023
24474Rossiyaning Qozon shahrida o‘zbekistonlik 19 yoshli talaba o‘g‘irlab ketildi. Bosqinchilar uni kaltaklab, so‘ng to‘lov muddati o‘tgan 50 ming rubl qarzi uchun 500 ming rubl talab qilgan. Bu haqda Shot xabar bermoqda.
2023 yil iyul oyida Privoljsk federal universitetida tahsil olayotgan Z. ismli O‘zbekiston fuqarosi rossiyalik tanishi D.dan 50 ming rubl qarz olgan. U kelishilgan muddatda qarzini qaytara olmagan.
Nihoyat belgilangan sanadan ikki oy o‘tib, oktyabr oyining boshida pulni qarz bergan tanishiga o‘zi olib borib bermay, do‘sti – yana bir O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yuridik fakultet talabasidan eltib berishini so‘ragan.
Qayd etilishicha, 16 oktyabr kuni 3 nafar fuqaro Z.ga hujum qilib, Gentra rusumli avtomashinaga o‘tqazib, shahar tashqarisiga olib chiqib ketadi.
“D. hamtovoqlari bilan birga qarzi haligacha qaytarilmaganini aytib, Z.ni kaltaklaydi. Muddati o‘tib ketgani uchun jarima sifatida uning 500 ming rubl to‘lashini talab qiladi va ma’lum vaqtni belgilab, talabani qo‘yib yuborgan. Talaba esa to‘g‘ri politsiyaga murojaat qilgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritmoqda.
LiveBarchasi