Rossiya jinoyatda ayblangan 10 kishini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Olam

image

Rossiya mulkka qarshi jinoyatlar sodir etganlikda, shuningdek, giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan 10 o‘zbekistonlik javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga topshirdi. Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ular orasida xavfli retsidivist ham bor.

Jinoyatchilar maxsus konvoy nazoratida O‘zbekistonga yetkazilgan. Ularning orasida 27 ming dollar o‘g‘irlagan A.T., 19 kishini 500 – 1000 dollarga chuv tushirgan T.S. ham bor.

Shuningdek, RF Bosh prokuraturasi O‘zbekiston so‘rovi bilan qidiruvdagi xavfli retsidivist B.M. ham ekstraditsiya qilingan.

“B.M. takroran xavfli jinoyat sodir etganligi sababli, 2018 yil 5 maydan 24 iyungacha bo‘lgan davrda, O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shahri hududida, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan umumiy qiymati 1450 AQSH dollarini tashkil etuvchi mablag‘ni egallab olganligi uchun aybdor deb topilgan”, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining hukmi bilan Mashrapov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “b” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish) bilan sudlangan, unga 2 yil 11 oy 8 kun ozodlikni cheklash mahrum jazosi berilgan va 25 836 000 so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.

Ushbu fuqarolar turli vaqtlarda Rossiya Federatsiyasi hududida hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing