Rossiya yetakchisi Kremenchugdagi voqeaga munosabat bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremenchugdagi savdo markaziga raketa bilan berilgan zarba  “razvedka qilingan va o‘rganilgan” nishonlarga nisbatan amalga oshirilganiga ishonch bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Rossiya yetakchisi Ashxobodda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Ukraina harbiylari texnikani “turar joy dahalari va yana allaqayerlarga” joylashtirayotgani, shu bilan birga, “har xil omborlar va bozorlarga” yashirishi va o‘z navbatida Rossiya harbiylari shu ob’ektlarga zarbalar berishini, biroq fuqarolarni nishonga olmasligini aytdi.

“Bizda hech kim shunchaki duch kelgan joylarni o‘qqa tutib ketmaydi”, deydi Putin.

Uning aytishicha, odatda hujumlar razvedka qilingan, o‘rganilgan nishonlarga nisbatan amalga oshiriladi. 

“Ishonamanki, bu holatda ham xuddi shunday bo‘lgan. Axir ular G‘arb yetkazib berayotgan texnikani har xil omborlarga, bozorlarga, zavodlarga, sexlarga yashirmoqda, u yerda texnika ta’mirlanadi yoki xuddi shu g‘arb davlatlari bilan uzoq davom etgan kimo‘zardan keyin tartibga keltiriladi. Rossiya armiyasi hech qanaqa fuqarolik ob’ektlariga zarba berayotgani yo‘q”, deydi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni Poltava viloyati Kremenchug shahriga Rossiya aerokosmik kuchlari tomonidan hujum amalga oshirildi. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, raketa zarbasi Kremenchugdagi AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan keltirilgan qurol-yarog‘lar omboriga berilgan. Buning oqibatida ombor yaqinidagi savdo markaziga o‘t ketgan. Kiyev esa raketa hujumi savdo markaziga berilgani, bu vaqtda do‘konda odamlar bo‘lganini aytmoqda. Voqeadan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukrainaga nisbatan “havo hujumlari va artilleriya o‘qlarining yangi to‘lqini” haqida xavotirli bayonot berdi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing