Rossiya YeOII davlatlariga ayrim mahsulotlar eksportini taqiqladi

Olam

image

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga don va uchinchi davlatlarga shakar eksportini vaqtinchalik taqiqlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda dushanba kuni Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya YeOII mamlakatlariga don eksportini, shuningdek, oq shakar va shakarqamishni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun vaqtinchalik taqiqlash joriy qilmoqda. Bosh vazir Mixail Mishustin tegishli farmonni imzoladi. Don cheklovlari 30 iyungacha, shakar 2022 yilning 31 avgustigacha amal qiladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, donni eksportiga taqiq bug‘doy va meslin, javdar, arpa va makkajo‘xori uchun amal qiladi.

Shakar va donni eksport qilishda bir qator istisnolar mavjud. Xususan, ushbu mahsulotlarni gumanitar yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek, xalqaro tranzit tashish doirasida Rossiyadan tashqariga yetkazib berish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

773

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing