Rossiya YeIga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

Rossiyaga kirishi taqiqlangan Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari ro‘yxati kengaytirildi. Bunga rasmiy Bryusselning “nodo‘stona qadam”lari sabab bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mavjud xalqaro normalarni chetlab o‘tib, uydurma va mavhum bahonalar bilan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib boryapti.

“Yevropa Ittifoqini bunday yondashuv zararli ekani haqida ogohlantirdik. Ammo YeI bizning asosli va professional muloqot o‘tkazish taklifimizni rad qilib, avvalgidek sanksiyalar tilini tanlashda davom etyapti”, degan Zaxarova.

Ta’kidlanishicha, diplomatik amaliyotga ko‘ra, Rossiyaning qora ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar soni Yevropa Ittifoqi ro‘yxati bilan tenglashtirilgan. Ammo ro‘yxatga kimlar kiritilganiga aniqlik kiritilmagan.

TIVda YeIning Rossiyadagi vakolatxonasiga tegishli nota yuborilgan va Bryussel “qarama-qarshilikni davom ettirsa, Moskva javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qolishi qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-EI

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar