Rossiya Yaponiyaga ogohlantirish bilan chiqdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiya sanksiyalariga qarshi javob choralari ko‘rilishidan ogohlantirdi. Rossiya Tokioning navbatdagi sanksiyalarining milliy xavfsizlik va iqtisodiyotga ta’sirini baholamoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirliginin Yaponiyaning qarshi harakatlari bo‘yicha e’lon qilgan hisobotida aytiladi.

“Biz Fumio Kisida ma’muriyatining 26 mayda e’lon qilingan Rossiyaga, shuningdek, Rossiyadagi jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi 20 sanksiya choralari to‘plamiga e’tibor qaratdik”, deyiladi hisobotda.

Vazirlikning bildirishicha, Rossiya ayni paytda Yaponiya tashlagan qadamning amaliy bajarilishini kuzatyapti va ularning milliy xavfsizlik va iqtisodiyotga ta’sirini baholashda davom etadi.

“Har qanday holatda ham rasmiy Tokioning bunday noqonuniy harakatlari javobsiz qolmaydi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 may kuni Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga qaror qilgandi. 24 ta jismoniy shaxs va 78 ta tashkilot navbatdagi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, agar ular Yaponiyada topilsa, aktivlari muzlatib qo‘yilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya ogohlantirish sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made