Rossiya Yangi yil bayrami kunlarida Ukrainaga zarba berishi mumkin
Olam
−
31 dekabr 2022
9819Rossiya Yangi yil bayrami kunlarida ham Ukrainaga zarba berishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya razvedkasi hisobotida aytilgan.
Hisobotga ko‘ra, 2022 yil 29 dekabrda Rossiya qo‘shinlari butun Ukraina bo‘ylab, birinchi navbatda, energetika ob’ektlariga navbatdagi uzoq masofali raketa zarbalarini berdi.
Qayd etilishicha, oktyabr oyidan beri Rossiya har 7-10 kunda ommaviy zarbalar o‘tkazishning umumiy sxemasini saqlab qolgan. Rossiya Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tishga harakat qilib, bu yondashuvga deyarli amal qilmoqda.
"Biroq, Rossiya yaqin kunlarda Ukraina aholisining yangi yil bayramlarida ruhiyatini buzish uchun yana zarba berib ushbu sxemani buzish ehtimoli bor", deyiladi hisobotda.
LiveBarchasi