Rossiya yana bir mamlakatga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 may kuni Finlyandiyaga rus gazi yetkazib berish to‘xtatildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Kecha, 20 may kuni “Gazprom Eksport” “ Gasum Oy” energetika kompaniyasini Finlandiyaga tabiiy gaz yetkazib berish 21 may kuni ertalab to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan. Finlyandiya Bandlik va iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunga Xelsinkining gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishga rozi bo‘lmagani sabab bo‘lgan.

Uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha to‘lov valyutasi yevro hisoblanadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Gasum arbitraj sudiga murojaat qilishga qaror qilgan, chunki kompaniya Rossiya tomoni o‘z talabi bilan kelishuv shartlarini buzgan deb hisoblamoqda.

“Energetika kompaniyalari bozor shartlari bo‘yicha gazdan boshqa turdagi yoqilg‘iga o‘tishlari mumkin, ba’zilari esa allaqachon boshqa yoqilg‘i turiga o‘tishgan. Rossiya importi to‘xtasa, gazdan foydalanadigan sanoat korxonalarining pozitsiyasi boshqacha bo‘ladi. Ularning ba’zilari allaqachon boshqa yoqilg‘iga o‘tgan, ba’zilari “Balticconnector” quvuri orqali Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan gaz olishga o‘tmoqda”, deya xabar beradi vazirlik.


Finlyandiya va Estoniya o‘rtasidagi “Balticconnector” Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan gaz import qilish imkonini beradi. Finlyandiya Tornio va Pori terminallari orqali suyultirilgan gaz ham oladi. Bundan tashqari, ular kuzda Xaminada terminali qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani sababli  Rossiyaning “Gazprom” energetika transmilliy kompaniyasi “Bulgargaz” (Bolgariya) va PGNiG (Polsha) kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

939

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing