Rossiya yaqinda yangi noyob qurollar tizimidan foydalanishni boshlaydi — Putin
Olam
−
28 iyun 2021
14093Yaqinda Rossiyada yangi noyob qurollar tizimi shay holatga keltiriladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 28 iyun kuni Kremlda harbiy oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Giper tovushli qurollar — “Avangard” va “Xanjar” majmualari, allaqachon, harbiy navbatchilikka qo‘yilgan. Boshqa noyob qurollar tizimi, shu jumladan “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi, “Sirkon” kemaning giper tovushli raketasi, “S-500 Prometey” — zenit-raketa tizimlari va boshqa komplekslar navbatda turibdi”, deydi Putin.
Davlat rahbari shuningdek, yetakchi tadqiqot guruhlari, mudofaa institutlari va konstruktorlik byurolarining istiqbolli ishlanmalarini hisobga olgan holda 2034 yilgacha rejalashtirilgan yangi davlat qurollanish dasturi shakllantirilayotganini aytgan.
“Ularni amaliyotga tatbiq qilish mamlakatning mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Va, albatta, siz ushbu texnika bilan ishlashingiz kerak bo‘ladi”, deydi Putin harbiy oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilariga murojaat qilib.
Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti ichki ishlar idoralari va maxsus xizmatlarning ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ham eng yuqori talablar qo‘yilishini ta’kidlagan.
“Shuningdek, qonun va tartibni ta’minlaydigan, odamlarni qutqaradigan, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan, jinoyatchilik hamda korrupsiya, terrorizmga qarshi kurashadigan, mamlakatimizni, xalqimizni ichki va tashqi kuchlardan himoya qiladigan o‘rtoqlaringiz yonida turishingiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan u.
LiveBarchasi