Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi

Olam

image

Bugun, 22 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat o‘rtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturi imzolandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Hujjatlarni O‘zbekiston Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov va Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov tomonidan  imzoladi.

Rossiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi ikki davlat harbiy idoralari faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 50 ta qo‘shma tadbirni o‘z ichiga oladi.

Rossiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, “Mashaqqat qasidasi” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘ydi. 2020 yil 9 may kuni ushbu yodgorlik Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ida yashovchi, besh o‘g‘lini frontda yo‘qotgan o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirovaga bag‘ishlangan. Yodgorlik urushda bolalari, erlari va yaqinlaridan mahrum bo‘lgan barcha ayollarni ifodalaydi.

Marosim Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing