Rossiya va Ukrainaning taqdiri bahorgacha ma’lum bo‘ladi – Chavusho‘g‘li

Olam

image

O‘ylaymanki, bahor boshlanishidan oldin Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi muzokara jarayonining davom etishi manzarasi yanada oydinlashadi.  Biz ko‘nglimizni tushirmaymiz va bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li MED O‘rtayer dengizi forumi sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

Turkiya diplomatiyasi rahbari Anqara Ukraina yerlarining Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmaganini, urush boshlanganidan keyin esa harbiy kemalar uchun bo‘g‘ozlarni yopib qo‘yganini eslatdi. 

Shu bilan birga, u faqat inqiroz davridagina Anqara bilan aloqaga intilayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlarining pozitsiyasini tanqid qildi. 

“Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqi Anqara bilan maslahatlashmagan ham. Shu bilan birga, Bryusselda Turkiya kerak bo‘lishi bilanoq, ular darhol aloqaga chiqadilar. Menimcha, Yevropa Ittifoqi Turkiyaning rolini qabul qilish vaqti keldi. Yevropa chegaralari Gretsiya chegaralaridan emas, Turkiyadan boshlanadi”, deydi u. 

Turkiyalik vazir, shuningdek, Anqaraning terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasiga e’tibor qaratdi. U Turkiya oxirgi yillarda Yevropa davlatlariga 9 mingdan ortiq xorijiy terrorist yollanma askarlarini topshirganini eslatdi. 

“Terrorizmga qarshi kurashda biz ko‘p mamlakatlardan ko‘proq narsani qildik”, deydi u. 

Terrorizmga qarshi kurash mavzusini davom ettirgan Chavusho‘g‘li, Suriya shimolini nafaqat ISHIDdan, balki boshqa terror tashkilotlaridan ham tozalash zarurligini qayd etdi.

Uning alohida urg‘ulashicha, operatsiyalarni davom ettirish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing