Rossiya va Ukraina o‘zaro mahbuslarni almashdi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida olib borilgan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina 115 mahbusni almashishni amalga oshirdi. Bu Ukraina shu oyda Rossiyaga hujum boshlaganidan beri birinchi bunday mahbus almashinuvi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralar jarayoni natijasida Kursk viloyatida asirga olingan rossiyalik 115 nafar harbiy xizmatchi Kiyev nazorati ostidagi hududdan qaytarilgan. Buning evaziga 115 nafar harbiy asir Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan.

“Hozirda barcha rossiyalik harbiy xizmatchilar Belarus Respublikasi hududida bo‘lib, u yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati yaratilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bu BAA 2022 yil fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri vositachilik qilgan yettinchi shunday almashinuv bo‘ladi. Mazkur davr mobaynida ular 1788 mahbusni ozod qilishda vositachilik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing