Rossiya va Ukraina asirlar almashdi
Olam
−
29 Oktabr 2022
6442Ukrainaga asir tushgan 50 nafar rus harbiysi Rossiyaga topshirildi. O‘z navbatida, 52 nafar ukrainalik askar ham o‘zinikilar tomoniga berildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 29 oktyabr kuni muzokaralar jarayoni natijasida 50 nafar rossiyalik harbiy Ukrainadan qaytarildi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ozod etilgan harbiy xizmatchilar xavo-kosmik kuchlari harbiy transport aviatsiyasi samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi. U yerda ular Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanadi va reabilitatsiyadan o‘tadi.
Ukraina tomonidan esa asirlarning navbatdagi almashinuvi natijasida 52 nafar ukrainalik, jumladan, ikkita “Azov” jangchisi va Zmeiniy orolida asir olingan bir dengizchi uylariga qaytgan.
“Biznikilar uyga qaytmoqda. Biz yana asir almashuvini amalga oshirdik. 52 nafar fuqarolarimiz – ofitserlar, shifokorlar, serjantlar va askarlarni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldik. Ular orasida 12 nafar Milliy gvardiya jangchisi, jumladan, ikkita “Azov”, 18 nafar dengiz floti, 8 nafar Davlat chegara xizmati, 9 nafar hududiy mudofaa, 3 nafar Ukraina Qurolli Kuchlari askari va 2 nafar tinch aholi vakillari bor”, deydi Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak.
LiveBarchasi