Rossiya va Ukraina harbiylarning jasadlarini almashdi
Olam
−
09 aprel 2270 1 daqiqa
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish bo‘yicha navbatdagi bosqichni o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevga tayanib, RBK xabar berdi.
Saraliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoniga 1000 nafar, Rossiya tomoniga esa 41 nafar halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi so‘nggi jasadlar almashinuvi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Ukrainaga 1000 nafar, Rossiyaga esa 35 nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadi berilgan. Undan avvalgi almashinuv yanvar oyi oxirida amalga oshirilgan bo‘lib, unda Moskva Kiyevga 1000 ta jasadni qaytarib, o‘rniga 38 nafar harbiyning jasadini qabul qilib olgan edi.
Shuningdek, o‘tgan yilgi Pasxa arafasida Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni 246 ga 246 formulasi bo‘yicha almashgan edi. Undan bir kun avval halok bo‘lganlarning jasadlari ham almashilgan. O‘shanda Rossiya 41 nafar harbiyning jasadini qaytarib olgan va Ukrainaga 909 nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadini topshirgan.
Live
Barchasi