Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashdi
Olam
−
27 aprel 2023
4922Kecha, 26 aprel kuni o‘zaro muzokaralar natijasida 40 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Ukrainadan o‘z mamlakatiga qaytdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Rossiya Aerokosmik kuchlari harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi. Ozodlikka chiqarilganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
O‘z navbatida Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ham ijtimoiy tarmoqlarda 44 nafar harbiy xizmatchi vataniga qaytganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina 82 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini Rossiyaga qaytarib berdi.
LiveBarchasi