Rossiya va Turkiya Idlib masalasini ko‘rib chiqdi

Olam

image

Anqarada Idlibdagi vaziyat bo‘yicha Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi. Bu haqida Turkiya diplomatik tashkiloti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Verxinin va Turkiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sedat Anal o‘rtasidagi muzokaralar uch soat davom etgan. Unda Rossiya prezidentining maxsus vakili Aleksandr Lavrentev, shuningdek, ikki mamlakat diplomatlari ishtirok etgan.

“Muzokaralar chog‘ida Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat, shuningdek, mamlakatda siyosiy jarayonni ildamlashtirish choralari muhokama qilindi. Muzokaralarni kelgusi hafta davom ettirishga qaror qilindi", dedi Turkiya TIV vakili.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Anqara Idlibda o‘z qo‘shinlarining kuzatuv punktlarini saqlab qolishni talab qilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 7 fevral kuni Turkiya maxsus kuchlarini Idlib zonasidagi kuzatuv punktlariga o‘tkazishni boshlagan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya, Eron va Turkiya 2017 yil may oyida Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta dekalatsiya zonasini yaratishga kelishib olgan edi. Ulardan uchtasi 2018 yilda rasmiy Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatida joylashgan to‘rtinchisi hali ham hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilmagan. Hududning aksariyat qismi "Jabahat an-Nusra" terrorchilari tomonidan nazorat qilinmoqda.

2018 yil sentyabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan edilar. Idlibda o‘ndan ortiq turli xil guruhlar mavjud. Ularning eng yirigi, turkparast "Milliy ozodlik fronti" va "Jabahat an-Nusra" kabi jami 30 ming jangarilarning birlashmasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Idlib

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing