Rossiya va KXSHT davlatlari terrorizmni hech qanday ko‘rinishda qabul qilmaydi – Putin
Olam
−
24 noyabr 2023
3287Rossiya va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) a’zo boshqa davlatlar terrorizmni hech bir ko‘rinishini dunyoning hech bir mintaqasida qabul qilmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tgan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Mamlakatlarimiz, jumladan, Rossiya terrorizmning hech bir ko‘rinishini va dunyoning hech bir mintaqasida uni qabul qilmaydi”, deydi Putin.
Uning qayd etishicha, tashkilot mas’uliyat zonasi doirasida ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Shuningdek, KXSHTning biologik xavfsizlik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi ish boshlagan.
Uning asosiy e’tibori biologik qurollarni ishlab chiqish va qo‘llash bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, radiatsiyaviy, kimyoviy va tibbiy himoyani ta’minlashga qaratilgan.
Rossiya rahbari KXSHTga a’zo barcha davlatlar tomonidan yil davomida amalga oshirilgan faol ishlarni qayd etib, tashkilot doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash, hurmat qilish va manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan amalda keng Yevroosiyo makonida tinchlik va barqarorlikni saqlashga mas’ul bo‘lgan mintaqaviy mudofaa tuzilmasi sifatida KXSHTning asosiy vazifasiga ko‘mak berilgan.
“Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirliklari, Xavfsizlik kengashlari va parlamentlarning samarali hamkorligi tufayli biz dolzarb siyosiy va harbiy-strategik masalalar, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb muammolar yuzasidan kelishib oldik”, deydi Putin.
U 2023 yilda KXSHTning hamkorlari – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan aloqalari rivojlanishini muhim deb atadi.
LiveBarchasi