Rossiya va Belarus chegarasida NATO mashg‘ulotlari boshlandi

Olam

image

Polshada NATO bilan an’anaviy Bull Run-19 qo‘shma taktik harbiy mashqlari boshlandi. Bu haqda “Radio 5” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarada joylashgan Varm-Mazuriya vodiysi va Belarus bilan chegaradosh Podlyaskiy voyevodligida o‘tkazilyapti.

22-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Shimoliy Atlantika alyansining Polshada joylashgan 15-Gijitsa mexanizatsiyalashgan brigadasi va batalon jangovar guruhi askarlari ishtirok etadi.

“Askarlar aloqa tizimlarini tekshiradi, hududning o‘ziga xosliklari va yo‘llarning xususiyatlari bilan tanishadi. Mashqlar tahdidli vaziyatda ittifoqchilarning kuchaytirilgan kuchlari xavfsizlikni ta’minlash va tajovuzkorni to‘xtatish uchun qanday hamkorlik qilishini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan”, dedi brigada shtab boshlig‘i vazifasini bajaruvchi podpolkovnik Piotr Polbratek.

Mashg‘ulotlarning maqsadi Polsha va ittifoqchi qo‘shinlarning ushbu hududlardagi faoliyati samaradorligini oshirishdir. Harbiy texnika kolonnalarining belgilangan hududlarga faol harakatlanishi kutilmoqda.

6 noyabr kuni Polshaning janubi-sharqida, Nova-Dembe shahrida NATO davlatlari ishtirokida PUMA-22 harbiy mashqlari boshlandi. Unga Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Buyuk Britaniya va AQSHdan ikki mingga yaqin harbiy xizmatchi va 300 dona texnika jalb qilindi. Mashqlar 9 noyabrgacha davom etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing