Rossiya o‘zini defolt deb e’lon qiladimi? MB rahbaridan javob bo‘ldi

Olam

image

Rossiya o‘zini defolt deb e’lon qilmaydi, chunki mamlakatda o‘z majburiyatlarini bajarish uchun resurslar yetarli. Bu haqda Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina Davlat Dumasidagi chiqishida ma’lum qildi.

“Rossiyada barcha zarur moliyaviy resurslar mavjud, hech qanday defolt bizga tahdid solmaydi”, deydi Nabiullina.

Ma’lumot uchun, fevral oyi oxiridan beri bir qator G‘arb davlatlari, xususan, Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini kiritdi, ular boshqa narsalar qatorida moliya sektoriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy bank xalqaro zaxiralarining yarmiga yaqini bloklandi. 4 apreldan boshlab Vashington muzlatilgan dollar zaxiralaridan tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalanishni taqiqladi.

Shu munosabat bilan, Rossiya Moliya vazirligi birinchi marta rublda tashqi qarz bo‘yicha to‘lovni amalga oshirdi. Moody's reyting agentligining xabar berishicha, Rossiya Moliya vazirligining bunday harakatlari to‘lov shartlaridagi o‘zgarishlar bo‘lib, agar vaziyat 4 maygacha (imtiyozli davr oxirigacha) o‘zgarmasa, defolt sifatida qabul qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, S&P Global Ratings (S&P) xalqaro agentligi Rossiyaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit reytinglarini “CC” dan “SD”ga, ya’ni “tanlangan defolt”ga tushirgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorijiy valyutadagi reytingini “tanlangan defolt” darajasiga tushirishiga ob’ektiv sabablar yo‘qligini davo qilgan edi. 

Buning ortidan Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirdi.
RF davlat qarzi

RF davlat qarzi

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining tashqi davlat qarzi 59,5 milliard dollarni tashkil etadi, shu jumladan tashqi obligatsiyalar bo‘yicha qarz - 38,97 milliard dollar. Jami Rossiyada 2022 yildan to 2047 yilgacha to‘lanishi kerak bo‘lgan 15 faol obligatsiyali kredit mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing