Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uyiga jo‘natgan pulga soliq solishi mumkin 

Olam

image

Rossiyada migrantlarning o‘z vataniga pul o‘tkazgani uchun 3 foizlik soliq joriy etish taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasidagi “Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov o‘zining Telegram-kanalida yozdi. 
 
Mironovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga soliq solinganda ham bir yilda byudjetga 45 mlrd rubl qolishi mumkin.

“Gap ulkan mablag‘lar haqida ketmoqda. Rossiyadan faqat O‘zbekiston va Qirg‘izistonga ketadigan mablag‘larni hisobga olsak ham, soliqning joriy etilishi bir yilda byudjetga 45 milliard rubl jalb qilish imkonini beradi”, degan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa davlat fuqarolari bir yil ichida Rossiyadan 25 mlrd dollarni olib qo‘ymoqda.

“O‘rnini bosmaydigan mutaxassislar iqtisodiyotimizdan har yili olib qo‘yayotgan mablag‘larning umumiy miqdori qariyb 25 milliard dollarni tashkil etadi”, degan deputat.

Mironovga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Rossiyadan Qirg‘iziston va O‘zbekistonga 14 mlrd dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazilgan. Qolaversa, muhojirlarning katta qismi Rossiyada umuman soliq to‘lamaydi.

Qayd etilishicha, Tojikiston fuqarolari ham har yili o‘z vataniga taxminan 5,7 mlrd dollar o‘tkazmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar o‘tkazayotgan pullar Rossiya ravnaqi uchun emas, o‘z mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yo‘naltirilmoqda.

Mironov bu borada qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat dumasiga taqdim etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni soliqqa tortishni taklif qilgandi. O‘shanda u mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing