Rossiya O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
Jamiyat
−
01 iyun 2021
5287Joriy yilning 10 iyunidan boshlab Rossiya Belarus, Gretsiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qatar, O‘zbekiston, Tojikiston, Misr va Serbiyaga parvozlar sonini ko‘paytirmoqda, Moskva-Myunxen reyslari tiklandi. Bu haqda “Interfaks” Rossiya koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha shtabiga tayanib xabar bermoqda.
Ozarbayjon (Moskva-Baku), Armaniston (Moskva-Yerevan), Qatar (Moskva-Doxa), O‘zbekiston (Moskva-Toshkent) va Tojikiston (Moskva-Dushanbe) bilan havo qatnovi haftasiga bir parvozga ko‘paymoqda. Bundan tashqari, shtab-kvartira o‘zaro asosda Moskva-Afina yo‘nalishi bo‘yicha Gretsiya bilan parvozlar sonini 10 iyundan haftasiga ikkitaga oshirishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Rossiya hozirda 34 mamlakat bilan parvozlarni tiklagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasining "Royal Flight" aviakompaniyasiga Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berilgandi.
LiveBarchasi