Rossiya O‘zbekistonda Rossiya va SSSR tarixi qanday o‘qitilayotganini o‘rgandi
Olam
−
26 Sentabr
27848Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining 5 ta va uzoq xorijning 5 ta davlatidagi darsliklarda Rossiya tarixi va bugungi zamonaviy Rossiya qanday o‘qitilishi haqida 150 sahifalik rasmiy tadqiqotni e’lon qildi.
Tadqiqotda keltirilishicha, kitoblarda “Rossiya qonli tartibsizliklar tashkilotchisi, zo‘ravon mamlakat sifatida tasvirlangan, sayyorada bu mamlakat “bo‘lmagani yaxshiroq” ekani aytilgan.
Tadqiqotining natijalari haqida qisqacha:
• Xitoy darsliklarida Rossiya tarixi batafsil va nihoyatda ijobiy ohanglarda tasvirlangan;
• Tunisda ham jozibador (lekin u yerda juda oz va yuzaki);
• Misr darsliklari faqat zamonaviy davrga qaratilgan va G‘arb nigohiga bog‘liq;
• Turk tilidagi darsliklar rus-turk urushlari tarixiga chuqur singib ketgan;
• Isroil darsliklarida faqat Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarixining qorong‘u sahifalari va ularga qarshi la’natlar mavjud, yahudiylarning rivojlanishiga SSSRning qo‘shgan hissasi haqida sukut saqlangan;
• Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston darsliklari nihoyatda chala-yarimta bo‘lib, Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqiga (lekin ruslarga emas) qarshi ayblovlarni umumiy tarix nutqi bilan izchil bog‘laydi;
• Qozog‘istonda ham shunday, lekin rusofobiya sezilarli darajada kuchliroq va aniqroq;
• Turkmanistonda darsliklar yopiq rejim tufayli mavjud emas va tahlil qilinmagan.
Tadqiqot mualliflar Ozarbayjon darsliklaridagi rusofobiyadan hayratga tushganini qayd etgan.
“Eng yomon jahannam, bashorat qilish mumkinki, Ozarbayjonning maktab darsliklari. Ularda Rossiyaga va ruslarga nisbatan quturgan nafratdan boshqa hech narsa yo‘q, XIX-XX asrlardagi rivojlanishga ijobiy baho berilgan va Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqining rivojlanishiga hissa qo‘shgan barcha ozarbayjonliklar “xoin” deb e’lon qilingan. Ozarbayjon darsliklarida rusofobiya darajasi, umuman olganda, hatto Boltiqbo‘yi va Ukrainadagidan ham yuqori”, deyiladi tadqiqot natijalarida.
LiveBarchasi