Rossiya urushga ayol mahbuslarni jalb qilmoqda – Ukraina
Olam
−
13 aprel
6856Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ukrainaga qarshi urush olib borish uchun qo‘shimcha inson resurslarini qidirib, mamlakat koloniyalaridagi ayollarni urushga faol ravishda jalb qilmoqda. Bu haqda kecha, 12 aprel kuni Ukraina Milliy qarshilik ko‘rsatish markazi ma’lum qildi.
Markazga ko‘ra, birinchi navbatda, mahbus ayollar orasidan shifokorlar, snayperlar qidiriladi. Shuningdek, agar xohlasa, ular hujum otryadlariga jalb qilinadi.
Qamoqdagi ayollarga pul va uyga qaytish imkoniyati va’da qilingan hamda ularning ko‘plari tirik qaytishlariga ishonib, taklif qilingan shartlarga rozi.
"Ammo Ukrainada ularni butunlay boshqacha vaziyat kutmoqda: ularning ko‘pchiligi ozodlikka erishish o‘rniga do‘zaxga tushib qoladi", deya ogohlantirgan Milliy qarshilik markazi.
Avval ham "Rus sidyaaya" inson huquqlari loyihasi asoschisi Olga Romanova bir necha bor Rossiya Mudofaa vazirligining tashviqotchilari Ukrainadagi urushga jo‘natish uchun asir ayollarni yollayotganini ta’kidlagandi.
Romanovaning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonadagi ayollar tashviqotga juda moyil va erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq jang qilishga kirishadi.
LiveBarchasi