Rossiya o‘nlab dronlar bilan Ukrainaga hujum qildi
Olam
−
02 fevral
8354Bugun, 2 fevral kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yana o‘nlab uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.
Bilidilishicha, Rossiya Ukraina hududi bo‘ylab 24 ta “Shahed” hujumchi dronini uchirgan. Dnepropetrovsk, Xerson, Kirovograd va Xarkov viloyatlari uzra 11 ta dron urib tushirilgan, ularning yana bir qismi nishonga yetib bormagan.
Boshqa shaharlar va ob’ektlar qatorida Krivoy Rogga ham zarba berilgan. Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning aytishicha, uchta dron urib tushirilgan. Boshqa bir dron esa “Ukrenergo” elektr podstansiyasiga zarar yetkazgan, oqibatda Krivoy Rogda 40 mingga yaqin abonent elektr energiyasiz qolgan.
Shuningdek, elektr ta’minoti uzilgach, konchilar shaxtalarni tark etgan. 100 dan ortiq odam bo‘lgan ikkita shaxtada elektr quvvati o‘chirilgan. Shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksandr Vilkulning ta’kidlashicha, barcha konchilar yer yuzasiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga deyarli har kuni uchuvchisiz samolyotlardan zarbalar bermoqda. Ko‘pincha hujumlar nishoni muhim sanoat markazi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ona shahri Krivoy Rog bo‘lmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, harbiylar faqat Ukraina harbiy va energetika ob’ektlariga hamda tegishli infratuzilmaga hujum qiladi.
LiveBarchasi