Rossiya ulkan mahsulotlar zaxirasiga ega va o‘zini-o‘zi ta’minlay oladi – Mishustin
Olam
−
18 iyun
10358Rossiya aksariyat mahsulotlar bilan o‘zini to‘liq ta’minlaydi va sanksiyalarga qaramay, eksport bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin oziq-ovqat xavfsizligini texnologik qo‘llab-quvvatlash milliy loyihasi bo‘yicha strategik sessiyada aytib o‘tdi.
“Mamlakatimiz ko‘plab tovarlar bo‘yicha tashqi bozorda yetakchi yetkazib beruvchi hisoblanadi. Xususan, dunyo miqyosida arpa savdosi bo‘yicha uchinchi, don va dukkakli ekinlar, kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi, bug‘doy eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallab turibdi”, deydi hukumat raisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasi go‘sht yetishtirish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. U sut va sut mahsulotlari, tuz ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ham ma’lum qildi.
“Bu mahsulotlarning barchasi Rossiyada ham, xorijda ham talabga ega va hech qanday cheklovlar va sanksiyalar agrobiznesimizning mahalliy qishloq xo‘jaligi xomashyosi va eksport uchun oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishiga to‘sqinlik qilmadi. Biz buni aniq qayd eta olamiz”, deydi Mishustin.
Bosh vazir Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qo‘yilgan vazifalarga ham e’tibor qaratdi. Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2030 yilga borib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmini 25 foizga, xorijga yetkazib berishni 50 foizga, Rossiya qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy kapitaliga investitsiyalar hajmini 60 foizga oshirish kerak.
“Sanoatda texnologik mustaqillikni ta’minlash juda muhim, bu uning raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak”, deydi Bosh vazir.
Shuningdek, Mixail Mishustin chetdagi xorijdagi davlatlar bilan ushbu sohadagi hamkorlikka ham to‘xtalib o‘tdi.
“Biz allaqachon YeOII mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz. Hozirda bozorlardagi vaziyatni samarali tartibga solishga yordam beruvchi bir qator texnik reglamentlar amalda. Yevrosiyo Agroekspress logistika loyihasi ham juda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan holda, yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida sohadagi xarajatlarni kamaytirdi”, deya ta’kidladi Vazirlar Mahkamasi rahbari.
LiveBarchasi