Rossiya Ukrainaga dron va qanotli raketalar bilan hujum qildi
Olam
−
17 avgust
12999Bugun, 17 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga Shahed tipidagi 14 ta uchuvchisiz uchish apparati va “Iskander-K” qanotli raketasi bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, barcha dronlar yo‘q qilingan.
"Iskander-K" raketasi Sumi viloyatida turar-joy binosi yaqinida qulab tushdi. Svoboda prospekti hududida ko‘plab oynalar shikastlangan, ko‘plab mashinalar yonmoqda”, deb yozdi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Drozdenko o‘zining Telegram-kanalida.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida ikki kishi yaralangan. Qurbonlarni qidirish davom etmoqda.
“10 ta avtomobilni qamrab olgan yong‘in o‘chirildi”, deb xabar berdi Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati.
Zaporoje viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov 17 avgust kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlari so‘nggi 24 soat ichida mintaqadagi 15 ta aholi punktiga jami 401 ta zarba berganini ma’lum qildi.
Hujumlarda artilleriya, bir nechta raketa tizimlari va turli modifikatsiyadagi dronlardan foydalanilgan.
Fedorovning so‘zlariga ko‘ra, "turar-joy binolari va infratuzilmalarning vayron qilingani haqida 15 ta xabar" bor.
LiveBarchasi