Rossiya Ukrainadan qo‘shinlarining bir qismini olib chiqadi – WSJ

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi tufayli Rossiya o‘z qo‘shinlarining bir qismini Ukrainadan olib chiqib ketmoqda. Bu haqda Amerika rasmiylariga tayanib, “Wall Street Journal” xabar berdi

Nashrning qayd etishicha, bu Kiyevning bostirib kirishi Moskvani o‘z kuchlarini qayta to‘plashga majbur qilayotganining birinchi belgisidir.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hali ham bu qadamning Rossiya uchun ahamiyatini aniqlashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, AQSHning bahosi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga kutilmagan bostirib kirishi Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan uzoqlashtirgani, bu yerda Moskvaning ishchi kuchi va texnikasi bo‘yicha ustunligi unga bir necha joylarda oldinga siljish imkonini bergani haqidagi Ukraina rasmiylarining bayonotlarini mustahkamlaydi.

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi joriy yilning 6 avgust kuni boshlangan edi. Korenevskiy, Sudja va Belovskiy tumanlarida janglar ketmoqda. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 2024 yilning 12 avgust kuni ukrainaliklarning o‘z viloyatidagi 28 ta aholi punktidagi nazoratini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainaga qarshi urushda askarlar yetishmovchiligi kuchayib borayotgani sababli Rossiya 2024 yilning oxirigacha harbiy safarbarlik e’lon qilishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing