Rossiya Ukrainadagi obektlarni bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Rossiya qo‘shinlarining bugun, 5 sentyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga uyushtirgan tungi hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Dnepropetrovsk viloyati rahbari Aleksandr Ganjaning ma’lum qilishicha, zarba Dnepropetrovsk, Nikolayev va Kiyev viloyatlaridagi ob’ektlarga zarar yetkazgan. Hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi yaralangan.

Shuningdek, Rossiya dronlari Nikolayevdagi savdo markazlaridan biriga hujum qilgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan.

Kiyev viloyatining Bucha tumanida Rossiya zarbasi oqibatida omborxonada yong‘in chiqqan. Borispolda esa zarba oqibatida to‘qqiz qavatli turarjoy binosi qisman vayron bo‘lgan va yong‘in yuzaga kelgan. Ikki kishi yaralangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Dnepropetrovsk viloyatida harbiy maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar yetkazib beruvchi ikkita metallurgiya kombinatiga zarba berilganini ma’lum qilgan. Rossiya tomonining bildirishicha, Nikolayevdagi nishon logistika markazi va elektr podstansiyasi, Kiyev viloyatidagi nishonlar esa omborxonalar bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 sentyabr kuni Rossiya droni Ukraina Xavfsizlik xizmatining (UXX) Kiyevdagi qarorgohiga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing