Rossiya Ukrainada yo‘lovchi poyezdiga hujum uyushtirdi (video)
Olam
−
04 Oktabr 2025 6108 1 daqiqa
Bugun, 4 oktyabr kuni Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyatidagi Shostka jamoati temiryo‘l vokzaliga hujum uyushtirdi. Bu haqda viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumga Shostka-Kiyev yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi uchragan.
“Suspilne” nashrining yozishicha, taxminan 30 kishi jarohat olgan, jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan”, deydi Shostka ma’muriyati rahbari Oksana Tarasyuk.
Viloyat rahbari poyezdning hujumdan keyingi suratini e’lon qilgan. Unda kamida bitta vagonda yong‘in chiqqani ko‘rinadi. Guvohlar olgan videolarda yonma-yon turgan boshqa poyezdning oynalari ham sinib ketgani aks etgan. “Sumiblenergo” kompaniyasi Rossiya zarbalaridan so‘ng Shostka shahrida muhim infratuzilma jiddiy zarar ko‘rgani va butunlay elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiya qo‘shinlari Xerson, Dnepropetrovsk va Nikolayev viloyatlarida tinch aholi va fuqarolik infratuzilmalariga muntazam ravishda hujum qilayotgani haqida xabar bergan edi. Tashkilotning Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiyasi frontga yaqin hududlarda qisqa masofali dronlardan foydalangan holda tinch aholiga hujumlar avj olganidan xavotirdaligini bildirgan.
Live
Barchasi