Rossiya Ukraina mudofaa tizimiga zarba berdi
Olam
−
17 dekabr 2022
25519Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy boshqaruv tizimiga vazirligiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili General-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
"Rossiya Qurolli kuchlari 16 dekabr kuni harbiy boshqaruv tizimlari, harbiy sanoat kompleksi va ularni ta’minlaydigan Ukraina energetika ob’ektlariga uzoq masofali havo va dengiz qurollari bilan zarba berdi", deydi Konashenkov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 dekabr kuni Prezident Vladimir Putin Ukrainadagi operatsiyada ishtirok etgan harbiy bo‘linmalarning qo‘shma qarorgohida bo‘lib, harbiy rahbarlarning yaqin va o‘rta muddatli harakat rejalari bo‘yicha takliflarini tinglagani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi