Rossiya Ukraina bilan mahbuslarni alishadi
Olam
−
23 avgust 2019 4789 1 daqiqa
Rossiya va Ukraina mahbuslarni "33 ga 33" formulasi bo‘yicha almashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda NTV.
Ukraina ombudsmani Lyudmila Denisova allaqachon Rossiyaga kelgan. Almashuv 28-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin.
Hozircha almashishga tayyorgarlik ko‘rayotganlarning ismlari aytilmayapti. Biroq, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan voqea paytida hibsga olingan ukrain dengizchilari haqida gap ketmoqda. Ukraina “Berkut” maxsus kuchlarining sobiq askari Aleksandr Sattarovni, Qrim harbiylari Maksim Odinsov va Aleksandr Baranovni, shuningdek, Odessada hibsga olingan Yevgeniy Mefedovni ozod qilishga tayyor.
Kirill Vishinskiyga kelsak, uni maxsus sxema bo‘yicha ozod qilishni rejalashtirishgan. Vishinskiy ushbu ayirboshlash davrasiga kiritiladimi yoki yo‘qmi hozircha aniq aytilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025