Rossiya Twitter’dan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ololmagani uchun sudga berdi

Olam

image

Moskvaning Tagan tumani butun dunyo sud bo‘linmasi Twitter’ni shaxsiy ma’lumotlar sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik moddasi bo‘yicha 4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi.  Bu haqda sud zalidan TASS muxbiri xabar bermoqda. 

"Sud Twitter’ni Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 13.11-moddasi 8-qismi ("Rossiya Federatsiyasi shaxsiy ma’lumotlari sohasidagi qonunlarni buzish")ga binoan aybdor deb topdi va 4 million rubl miqdorida jarima solishga qaror qildi",  deyiladi sud qarorida. 

Twitter’ga qarshi ish Roskomnadzor tashabbusi bilan rossiyalik foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot berishdan bosh tortganligi sababli qo‘zg‘atilgan. Sudda Twitter ma’muriyati ham, Roskomnadzor vakili ham ishtirok etmagan. Endi 60 kun ichida Twitter 4 million rubl to‘lashi kerak. 

2015 yil 1 sentyabrdan kuchga kirgan Rossiya "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqqan holda, Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarning rossiyalik foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar saqlanishi kerak.  Ushbu talabga rioya qilmaslik sababli, 2016 yilda Rossiyada LinkedIn professional aloqalar ijtimoiy tarmog‘i bloklandi.

O‘tgan yili esa shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha Telegram va rasmiy Moskva o‘rtasida mojarolar kelib chiqib, hukumat mamlakatda Telegram faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Twitter

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing