Rossiya, Turkiya va Qatar o‘rtasidagi g‘alla bo‘yicha kelishuv don shartnomasining o‘rnini bosa oladimi?

Olam

image

Rossiya, Turkiya va Qatar o‘rtasida eng qashshoq mamlakatlarga 1 million tonna don yetkazib berish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuv don shartnomasiga muqobil bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“G‘alla masalasiga kelsak, biz Qora dengizdagi g‘alla kelishuviga muqobil 1 million tonna don yetkazib berish bo‘yicha Turkiya va, ehtimol, Qatar bilan qo‘shma ishni ko‘rib chiqmaymiz”, degan Rossiya yetakchisi. 

Shuningdek, Putin “o‘z manfaatlariga ega” Ukraina ham don bitimida ishtirok etganini eslatib o‘tgan.

“Demak, bu o‘rindosh emas, lekin bu albatta, biz tomondan Afrika davlatlarining oziq-ovqat muammolarini hal qilishga qo‘shgan katta hissamiz bo‘ladi. Bu mutlaqo ochiq-oydin narsa”,  deya ta’kidladi Rossiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Sochi Putin Erdo'g'an Qatar don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing