Rossiya tan olinmagan davlat armiyasini modernizatsiya qiladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Abxaziya bilan respublikaning qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolashni buyurdi. Bu haqda Vesti xabar bermoqda.

Mazkur hujjat huquqiy axborot portaliga joylashtirilgan. Prezident Rossiya Hukumatining taklifini qabul qilishni va Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan muzokaralarda barcha zarur kelishuvlarga erishgandan so‘ng, loyihaga "fundamental xususiyatga ega bo‘lmagan tuzatishlarni" kiritishga imkon beradigan bitimni imzolashni buyurdi.

Bungacha, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning Abxaziya hamkasbi Merab Kishmariya ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish va Abxaziya qurolli kuchlarining qurol-yarog‘ini modernizatsiya qilish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Ma’lumot uchun, 2008 yil 26 avgustda Gruziyaning Sxinvalga qarshi qurolli tajovuzidan so‘ng Rossiya  Janubiy Osetiya va Abxaziya suverenitetini tan oldi. Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, respublikalarning rivojlanishiga keng ko‘lamli moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatmoqda. Masalan, 2017-2019 yillarda Abxaziya rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha investitsiya dasturining hajmi taxminan olti milliard rublni tashkil etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Abxaziya

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing