Rossiya SSSRni qayta tiklamoqchimi?

Olam

image

AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nulandning, Moskva SSSRni qayta tiklashga intilayotgani to‘g‘risidagi bayonotidan ortidan Kreml rasmiy izoh bilan chiqdi. 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, SSSRni qayta tiklash imkonsiz. Chunki sobiq Sovet Ittifoqi hududida mustaqil suveren davlatlar allaqachon shakllanib ulgurgan, iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib va muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda. Ular bir-biriga hurmat, ishonch va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritmoqda.

“Nuland xonim, Rossiya va sobiq Sovet davlatlarining bugungi holati haqida juda yaxshi malumotga ega. Ishonchim komilki, u biz va boshqa ekspertlar singari yaqqol ayon bo‘lib turgan SSSRni qayta tiklash imkoniyati umuman mavjud emasligini yaxshi anglab yetadi”, deya takidladi Peskov bugun, 8 dekabr kuni jurlalistlar bilan o‘tkazgan muloqotida.

“Bundan tashqari, turli xil iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega sobiq Sovet davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro yaqin hamkorlik rishtalari uzoq tarixga egaligi va hozirgi kunga kelib yanada mustahkamlanib borayotganini Nuland xonim juda yaxshi bilishiga ishonchim komil. MDH, YeOII hamda Rossiya va Belarus, Davlarlar Ittifoqi kabi oliy darajadagi hamkorlik va hamdo‘stlik tashkilotlarining hech biri SSSRni qayta tiklashga urinish maqsadida tuzilmagan”, deya qo‘shimcha qiladi u o‘z bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, 1991 yil avgust oyiga kelib davlatlar orasidagi uzaro ichki nizolar va mustaqillikka erishish ruhining kuchayishi oqibatida SSSR zaiflashib, parchalanish yoqasiga kelib qoldi.  Shunday vaziyatda Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar o‘z mansab va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991 yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Ammo bu urinish barbod bo‘ldi. Ushbu fitnalar ortidan Mixail Garbachyov prezidentlikdan iste’fo berdi va SSSR o‘rnida yangi davlat tuzilgani elon qilindi. Bu Rossiya Federatsiyasi edi. O‘zbekiston ham boshqa mamlakatlar qatori 1991yil 31 avgustda o‘z mustaqilligini elon qildi. Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston 1991 yil 21 dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shildilar. 1993 yil Gruziya ham MDHga qo‘shildi. 1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida barham topdi.

Behruz Saidov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1581

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing